Klinik körinişlari
Gripp keskin boşlanadi: bir neça soat içida bemorda isitma, yötal (odatda quruq), boş oğriği, muşaklar va böğimlarda oğriq, zaiflik, tomoq yalliğlanişi va burun oqişi paydo böladi. Uşbu alomatlarning ba'zilari mavjud bölmasligi mumkin, ammo yuqori isitma va keskin boşlaniş kasallikning klassik belgilaridir. Boşqaça qilib aytganda, agar siz bir neça kun davomida betoblik his qilib yurib, keyin «yiqilib» qolsangiz, unda bu gripp emas, balki ötkir respirator virusli infeksiya ya'ni tomoq oğriğidir.
Aksariyat odamlar bir hafta içida davolanmasdan tuzalib ketişadi. Ammo xavf guruhi ostidagi gripp jiddiy oqibatlarga va ölimga olib kelişi mumkin.
Xavf guruhlari:
- ikki yoşgaça bölgan bolalar;
- 65 yoşdan katta qariyalar;
- homilador ayollar;
- har qanday yoşdagi surunkali yurak, öpka, buyrak, jigar, qon kasalliklari, şuningdek qandli diabetdan aziyat çekuvçilar;
- immuniteti pasaygan bemorlar (masalan, OIV bilan kasallanganlar).

Virus yuqtiriş yöllari
Virus havo tomçilari orqali qiyinçiliksiz yuqadi va aynan şu sababli maktab, bolalar boğçasi, ofis va boşqa odam gavjum joylarga tez fursatlarda tarqaladi. Köpinça bu kasallik bemor yötalişi yoki aksirişi orqali yuqadi, ammo qöl bilan salomlaşişda ham virus ötişi mumkin (masalan, agar bemor yötalayotganda oğzini qöli bilan yopsa, söng aynan şu qölida soğlom kişi bilan salomlaşsa va u bu qöl bilan burnini uşlasa). Şuning uçun virus tarqalişi oldini olişning asosiy çoralari — niqob kiyiş (soğlom odam emas, betoblar) va qölni sovun bilan muntazam yuvib turiş.
Yuqumli kasallikning yaşirin davri (betob bilan aloqa qilişdan kasallik belgilari paydo bölişigaça bölgan vaqt) — 2 kun.
Mavsumiy gripp epidemiyalari
Mavsumiy gripp epidemiyalari köpinça dekabrdan martgaça kuzatiladi (bir yil kötariliş dekabrda kuzatilsa, boşqasida — fevralda). Har yili kattalarning 5-10 foizi va bolalarning 20-30 foizi grippga çalinadi. Aksariyat insonlar kasallikka doş berişga qodir, ammo yiliga 3-5 million odam grippning oğir turini boşdan keçiradi, bu esa 250-500 ming, ba'zida esa 1 milliongaça kişining ölimiga olib keladi.















