Qozoğiston hukumatida ma'lum qilinişiça, Qozoğistonga qaytarilganlarning 80 nafarini talabalar taşkil qiladi.

“2 fevralda Qozoğiston fuqarolari soğliği xavfsizligini ta'minlaş maqsadida soğliqni saqlaş vazirligining Şoşilinç tibbiyot milliy muvofiqlaştiriş markazi Uxanda qolayotgan 83 qozoğistonlikni vatanga qaytardi”, deyilgan xabarda.

Parvoz vaqtida qozoğistonliklarga barça himoya vositalari bilan ta'minlangan tibbiy xodimlar hamrohlik qilgan. Ta'kidlanişiça, Qozoğistonga yetkazilganlarning soğliqlari tekşirilgaç, ular poytaxtdagi köp tarmoqli şifoxonaning maxsus ajratilgan korpusida 14 kunlik karantinga joylaştirilgan. Uşbu şifoxona Nur-Sultondan 7 km uzoqlikda joylaşgan. 

“Şifoxona barça zarur bölgan infeksion xavfsizlik texnologiyalari, zamonaviy diagnostik, davolaş va jonlantiriş qurilmalari bilan jihozlangan, zarur sondagi tibbiy xodimlar bilan ta'minlangan. Bu yerda evakutsiya qilingan fuqarolar qöşimça körikdan, birinçi navbatda, koronavirus yuqtirganlikka testdan ötkaziladi. Karantin vaqtida ular bilan xavfli infeksiyalar bilan işlaş tajribasiga ega bölgan tibbiy xodimlargina muloqotda böladi”, deb ta'kidlab ötilgan xabarda.