Hukumat qarori bilan Ma'rufjon Mamatojiyeviç Tojiboyev Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Özbekiston prezidentining 2017 yil 28 sentyabrdagi qarori bilan Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili lavozimi joriy etilgan edi.
Qarorga köra, vakolatli vakil Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvçi apparatining tarkibiy bölinmalari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida körib çiqiladigan qonunlar va boşqa hujjat loyihalarini tayyorlaşda özaro yaqin hamkorligini ta'minlaş, ularni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvçi apparatida körib çiqiş, kelişiş va axborot beriş jarayonlarida iştirok etişi, şuningdek, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qonunlar loyihalari, boşqa masalalarni muhokama etiş va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida qonun loyihalarini (qonunlarni) körib çiqişda iştirok etadigan Hukumat vakillari tarkibini şakllantirişda iştirok etişi belgilangan.
Bundan oldin, Hukumatning parlamentdagi vakili hozirgaça tayinlanmagani aytilgandi.












