2 fevral kuni keçqurun Toşkentga kelgan AQŞ Davlat kotibi Maykl Pompeo tvitterdagi sahifasida mamlakatga taşrifdan közlangan maqsadlar haqida yozib qoldirgan.
«Bugun Özbekistonga taşrif. Mamlakat prezidenti Mirziyoyevning ulkan islohotlar dasturi salmoqli yutuqlarga erişmoqda, men hamkorligimiz orqali tinçlik, farovonlik va xavfsizlikni yanada kuçaytirişni davom ettiriş yöllarini muhokama qilişni sabrsizlik bilan kutmoqdaman», deya yozgan u tvitterida.
Visiting #Uzbekistan today. @President_UZ Mirziyoyev’s ambitious reform agenda is yielding significant progress, and I look forward to discussing ways to continue advancing peace, prosperity, and security through our partnership. pic.twitter.com/YEhzZiMsUT
— Secretary Pompeo (@SecPompeo) February 3, 2020
U şuningdek Toşkent şahri boş imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boşqa diniy faollar bilan uçraşgan.
«Özbekiston diniy yetakçilari bilan islohotlar va huquqiy özgarişlar diniy erkinlikka qanday hissa qöşa olişi mavzusida suhbatlaşdik. Hukumat tomonidan uşbu sohada erişilgan yutuqlar menda katta taassurot qoldirdi va Özbekistonning keyingi muvaffaqiyatlarini sabrsizlik bilan kutaman», degan u.

Bugun AQŞ Davlat departamenti delegatsiyasi Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinişi kutilmoqda.
Şuningdek, AQŞ Davlat kotibi Toşkent şahrida ötkaziladigan «Markaziy Osiyo—AQŞ» («C5+1») şaklidagi vazirlar uçraşuvida iştirok etadi.

















