Energetika vazirligi Osiyo taraqqiyot banki kömagida Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida fotoelektr (quyoş) stansiyasini quriş böyiça birinçi pilot loyihasi boşlanganini e'lon qildi.

Vazirlik xabariga köra, mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot bankining kömagida Özbekiston hukumati tomonidan işlab çiqilgan 1 GVt quyoş energiyasini işlab çiqariş dasturining bir qismi hisoblanadi. 

«Davlat-xususiy şeriklik töğrisida»gi yangi qonun talablariga muvofiq malakali xususiy developer sarmoyadorlarni tanlab olişga qaratilgan uşbu xalqaro tanlov 2020 yil 1 fevralda start oldi va joriy yilning iyul oyigaça davom etadi. 

Loyihaga köra, amalga oşiriş uçun tanlab olingan Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida joylaşgan maydonda 200 MVt.dan kam bölmagan özgaruvçan tok quvvatli fotoelektr (quyoş) stansiyasi hamda 220 kVt kuçlanişli yangi nimstansiya va kuçlanişi 220 kVt bölgan «Surxon» nimstansiyasiga ulaniş uçun 52 km uzunlikdagi elektr uzatiş liniyasi quriladi.