Toşkent uçraşuvida Qozoğiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Qirğiziston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Çingiz Aydarbekov, Tojikiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Sirojidin Muxriddin, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi örinbosari-Taşqi işlar vaziri Raşid Meredov, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda AQŞ Davlat kotibi Maykl Pompeo iştirok etdi. 

Delegatsiyalar rahbarlari öz nutqlarida 2015 yili Samarqand şahrida boşlangan vazirlar uçraşuvlarining formati özaro manfaatli hamkorlikni qöllab-quvvatlaş va kengaytirişning dolzarb va samarali mexanizmi sifatida özini namoyiş etgani qayd etişdi.

Şuningdek, vazirlar uçraşuvida dolzarb mintaqaviy muammolar, xususan Afğonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almaşildi.