Hukumat qarori loyihasiga köra, Madaniyat vazirligi, Navoiy, Namangan va Toşkent viloyatlari hokimliklarining 2021 yildan:

Navoiy viloyati musiqali drama teatri;

Namangan viloyati qöğirçoq teatri;

Toşkent viloyati musiqali drama teatri davlat muassasalari şaklida taşkil etiş;

2021-2022 yillarda davlat teatrlariga yangidan binolarni quriş va jihozlaş işlarini amalga oşiriş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

Madaniyat vazirligi:

davlat teatrlarning ustavi işlab çiqilişini va belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilişini;

davlat teatrlarni doimiy ravişda malakali kadrlar bilan ta'minlab boriş hamda samarali faoliyat yuritişini taşkil etişni;

respublika davlat teatrlarining malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda teatrlarning ijodkorlariga rejissura va aktyorlik mahorati hamda sahna harakati va sahna nutqi böyiça maxsus mahorat darslari ötkazilişini ta'minlaydi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2021-2022 öquv yilidan boşlab Özbekiston davlat san'at va madaniyat institutidagi aktyorlik san'ati ta'lim yönalişi böyiça Navoiy, Namangan va Toşkent viloyatlari uçun maqsadli qabul kvotalarini belgilaydi.

Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2021 yildan boşlab davlat teatrlari uçun belgilangan me'yorlarga asosan zarur ştat birliklari ajratilişini ta'minlaydi.

Quyidagilar davlat teatrlari binolarini yangidan quriş va jihozlaşni moliyalaştiriş manbalari etib belgilanadi:

Özbekistonning har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlaşgan mablağlar;

imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;

metsenatlik kömagi;

jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan boşqa manbalar.