«Kollejlarga qabul vaqtinchalik to‘xtatildi. Sababi...»
2019-2020 yilda ayrim kollejlarga, xususan, tibbiyot kollejlariga qabul bo‘lmagani yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Boshqa kollejlar tugatilsa ham, tibbiyot kollejlariga qabul davom etaveradi, degan fikrlar ham yo‘q emasdi. Bu muassasalarda shunday vaziyat bo‘lgani tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi.
Qabul butunlay to‘xtatilgani yo‘q, bu vaqtinchalik holat. Sobiq o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash jarayonida davlat, iqtisodiyot, jamiyat va ota-onalar tomonidan qo‘yilgan talablarni to‘laqonli bajara olmadi. Shuning uchun 2019-2020 o‘quv yilida barcha kasb-hunar kollejlariga qabul e'lon qilinmadi. Yangicha professional ta'lim tizimiga o‘tish maqsad qilindi va unga tayyorgarlik muddati bir yil deb belgilandi.
Prezident farmonida belgilangan vazifalarni bajarish, jumladan, darsliklarni yangilash, ilgarigi 3 yilga mo‘ljallangan o‘quv dasturini optimallashtirish va boshqa tashkiliy ishlarni bajarishga ma'lum muddat talab qilindi. Kelayotgan o‘quv yilidan boshlab ish beruvchilarning talab-ehtiyojlarini o‘rganib chiqib, qabul kvotalari ajratiladi. Har doimgidek, bu yil iyun oyidan boshlab o‘quvchilar hujjatlarini qabul qilish boshlanadi.
«Kollejlarda professional ta'lim asosida kadrlar tayyorlanadi»
Ko‘pchilik orasida vahima uyg‘ondi: 11 yillik umumta'lim tizimi yo‘lga qo‘yilgandan keyin kasb-hunar kollejlariga ehtiyoj qolmaydi. Bu qarash noto‘g‘ri. Har doim bir bosqichdan yangisiga o‘tilayotganda, jamoatchilik tomonidan e'tirozlar bo‘ladi. Bu tabiiy holat. Xuddi shuningdek, 2019 – 2020 o‘quv yiliga ayrim kollejlarga qabul jarayoni to‘xtatib turildi. O‘qituvchi, ota-onalar, o‘quvchilar o‘rtasida noroziliklar ko‘paydi. Hammada bir xil savol: nima uchun o‘tgan o‘quv yilida kollejlar o‘quvchilarni qabul qilmadi? Kollejlarni bosqichma-bosqich tugatish rejalashtirilganmi? Aslida unday emas.
2 yil davomida kollejlar faoliyatini takomillashtirish borasida fundamental tadqiqotlar o‘tkazildi. Oldingi tizimning kamchiliklari bilan birga ilg‘or xorijiy tajribalar ham puxta o‘rganildi. Bu ishga 50 nafardan ortiq nufuzli xalqaro ekspertlar jalb etildi va ulardan zarur xulosalar olindi. Shuning uchun tubdan yangilangan, iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladigan, mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, ish beruvchi buyurtmasi asosida maqsadli kadrlar tayyorlaydigan kelajak kollejlarini modellashtirish loyihalari















