Duşanbe şahrida qurilgan Markaziy Osiyodagi eng katta masjid mart oyida oçilişi rejalaştirilmoqda, deb xabar berdi «Avesta» agentligi.

Mamlakat arxitektura va quriliş qömitasining ma'lum qilişiça, Markaziy Osiyodagi eng katta jome' masjid qurilişi töliq nihoyasiga yetgan.

«Obekt ötgan yil oktyabrda Qatar amiri iştirokida foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgandi. Qatar amiri Tojikistonga kela olmagandi va uning taşrifi şu yilning mart oyiga möljallangan. Masjid ham rasman öşanda oçilişi kutilmoqda», – dedi manba.

Xabar qilinişiça, masjid hududida bir vaqtning özida 120 mingga yaqin kişi namoz öqişi mumkin böladi. Quriliş işlari 2009 yil oktyabrda boşlangandi.

Quriliş loyihasi Tojikiston va Qatar mutaxassislari tomonidan işlab çiqilgan. Masjid har birining balandligi 75 metr bölgan törtta minora, 47 metrli asosiy gumbaz va yana 20ta katta-kiçik gumbazlardan iborat.

Duşanbe şimolida 12 gektar maydonda joylaşgan masjidda namozxonalar, kutubxona, muzey, majlislar zali va uçraşuvlarni ötkaziş uçun mehmonlarni qabul qiliş zali mavjud.

Loyiha qariyb 100 mln dollar deb baholanmoqda. Xabar qilinişiça, loyiha Qatar hukumati tomonidan moliyalaştirilgan.