Hongkong universitetidagi tadqiqotçilar 25 yanvar kuniyoq Uxanda virusdan zararlanganlar soni 75 ming kişidan ortiq bölişi kerakligi haqida aytişgandi - öşa kuni Xitoy rasmiylari butun dunyo böylab virusdan zararlanganlar soni 2000 nafar atrofida ekanini ma'lum qilişgandi.

Lancet tibbiyot jurnalida çiqiş qilgan tadqiqot mualliflarining tasdiqlaşiça, koronavirus epidemiyasi tarqalişi kutilganidan tezroq sur'atlarda tarqalmoqda.
Ularning ma'lumotiga köra, 2019-nCoV koronavirusi taşuvçisining har biri örtaça 2-3 kişini zararlamoqda, kasallanganlarning umumiy soni esa geometrik progressiyada köpaymoqda va bir haftada ikki barobar köpaydi.
JSST keltirayotgan rasmiy raqamlar esa kamtar körinişda: 3 fevral kuni holatiga köra, virusni yuqtirganlar soni 18 mingga yaqin deb körsatilgan (4 fevral kuni bu raqam 20438 nafarga yetdi). Ularning 99 foizi Xitoyning materik qismida röyxatga olingan.

Virusdan zararlanganlarning umumiy soni sönggi ma'lumotlarga köra - 426 nafarni, soğayganlar soni - 644 nafarni taşkil etmoqda.
Içki aviareyslar va temir yöl taşuvlari statistikasini tahlil qilgan hongkonglik olimlar kelgan xulosaga köra, 25 yanvar kunidayoq mingga yaqin koronavirus taşuvçi infeksiyani Uxandan boşqa şaharlarga - birinçi navbatda Çunsin, Pekin, Şanxay, Guançjou va Şençjenga olib borgan.
Olimlarning ogohlantirişiça, agar virus bu şaharlarda ham şu tezlikda tarqalgan bölsa, «epidemiya tez orada Xitoyning yirik şaharlarini qamrab oladi», koronavirus inkubatsiyasi davri 1-2 haftani taşkil etadi, 14 kungaça u özini bildirmasligi mumkin.
Ularning ma'lumotlari JSSTning sönggi statistika ma'lumotlariga mos keladi, kasallanganlar soni kundan kunga tezroq ösmoqda.

















