Bir millionga yaqin suriyalik Idlib viloyatini tark etdi va Turkiya bilan chegara tomon yo‘l oldi, deb ma'lum qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

"Idlibda 3-4 million kishi yashaydi. Hozirda bir millionga yaqin suriyalik u yerni tark etdi, ular bizning chegaramiz tomon kelishmoqda. Turkiya uchun buncha miqdordagi qochoqni qabul qilish qiyin bo‘ladi", - deb ta'kidladi Erdo‘g‘an.

Uning fikricha, qochoqlar oqimi "tinch aholiga zarba berayotgan" Suriya armiyasi harakatlari natijasida paydo bo‘lgan.

Idlib – Suriyaning 2012 yildan buyon noqonuniy qurolli tuzilmalar qo‘lida qolib kelayotgan yagona hududi. Viloyat hududida Turkiya armiyasining 12ta kuzatuv punkti faoliyat ko‘rsatadi.