Bugun, 4 fevral kuni Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Unda Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etdi va ma'ruza qildi.


Sessiyada taşkiliy masala körib çiqilib yangi tuman hokimi tayinlandi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, şu kungaça Andijon viloyati xalq ta'limi boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Furqatjon Buzrukov Jalaquduq tumanining yangi hokimiga aylandi.

Furqatjon Ğulomjonoviç Buzrukov 1985 yilda Andijon tumanida tuğilgan, 2010 yilda Andijon davlat universitetini (sirtqi) tamomlagan.
U 2010 yildan 2014 yilgaça Andijon viloyati hokimligida turli lavozimlarda işlagan, 2014-2016 yillarda Andijon pedagogika kolleji direktori bölgan, 2016-2018 yillarda Andijon viloyati madaniyat va sport işlari boşqarmasi boşliği, 2017-2018 yillarda Andijon viloyati örta maxsus kasb-hunar ta'limi boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.
2018 yildan buyon Andijon viloyati xalq ta'limi boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, Jalaquduq tumaniga 2018 yilning avgustidan buyon hokimlik qilib kelgan Sodiqjon Turdiyev 2020 yilning yanvarida «Nuroniy» jamğarmasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

















