Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy taşrif bilan bölib turgan Amerika Qöşma Ştatlari Davlat kotibi Maykl Riçard Pompeoni qabul qildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev keyingi yillarda barqaror, tizimli tus olgan va özaro işonçga asoslangan köp qirrali Özbekiston-AQŞ munosabatlari izçil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

2018 yil may oyida AQŞga amalga oşirilgan, mamlakatlarimiz örtasidagi strategik şeriklikning yangi davrini boşlab bergan oliy darajadagi tarixiy taşrif çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida özaro almaşinuvlar faollaşgani alohida ta'kidlandi.
Konstruktiv, şu jumladan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar böyiça siyosiy muloqot yölga qöyildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy, agrar, energetik, ta'lim, huquqni himoya qiliş va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaymoqda.
Keyingi bir neça yil davomida tovar ayirboşlaş hajmi ikki barobar köpaydi. AQŞning yetakçi kompaniyalari iştirokida mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalar amalga oşirilmoqda. Amerika investitsiyalarining umumiy hajmi 1 milliard dollardan oşdi.
Joriy öquv yilidan boşlab mamlakatimizda Vebster universitetining filiali öz işini boşladi.
AQŞ Davlat kotibi, öz navbatida, körsatilgan samimiy qabul uçun Prezidentimizga dildan minnatdorlik bildirdi hamda Prezident Donald Trampning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
AQŞ tomoni Özbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qöllab-quvvatlaşda qat'iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Maykl Pompeo Özbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatda olib borilayotgan demokratik yangilanişlar va iqtisodiy islohotlarning natijadorligini yuksak baholadi.

Davlat departamenti rahbari, şuningdek, Özbekistonning barqaror taraqqiyoti ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş uçun mustahkam asos yaratayotganini ta'kidladi.

















