Sirdaryoda qariyb 60 mln so‘mlik elektr simlari o‘g‘irlab ketildi
Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududida narxi 59 574 635 so‘mlik elektr simlari o‘g‘irlab ketildi
2020 yil 2 yanvar kunidan 27 yanvar kuniga qadar bo‘lgan davrda noma'lum shaxslar Xovos tumani hududida joylashgan xorijiy korxonaga tortilgan umumiy uzunligi 1.100 metr bo‘lgan jami narxi 59.574.635 so‘mlik elektr simlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Xovos tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi (ancha miqdorda sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yangiyer shahrida yashovchi 21 yoshli Sh.R. va 20 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, ulardan 200 metr uzunlikdagi simlar hamda bir dona temir arracha ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
R.Sh. va A.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
13:41 / 15.12.2022
Toshkentda xonadonlarni «svet» bilan ta’minlovchi elektr simi yonib ketdi
20:45 / 08.10.2020
«Qoniqarsiz» deb topilgan Xovos tumani to‘rtligi ham uzr so‘rab, va'da berdi
14:09 / 08.10.2019
Xonadon egasining tomorqasidan 2 kilogrammdan ortiq «marixuana» olindi
14:01 / 02.09.2019