Xususan, 2026 yil 26 yanvar kuni 6412/6411 sonli «Toshkent – Xovos – Toshkent» yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi vaqtincha bekor qilinadi.
Shuningdek, 2026 yil 26 yanvardan 4 fevralga qadar 6414/6413 sonli «Toshkent – Guliston – Toshkent» shaharlararo yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari ham vaqtincha qatnamaydi.
Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish, zarur hollarda muqobil qatnov turlaridan foydalanish so‘ralgan.

















