GroupM tahliliy kompaniyasi rahbari Brayan Vizerning ta'kidlaşiça, Amazon hisobiga dunyodagi barça reklama xarajatlarining 2 foizi töğri keladi.
Amerikalik tadbirkor Jyeff Bezos taşkil etgan kompaniyaning reklama xarajatlari oxirgi ön yillikda 20 marotaba oşgan. Vaholanki, kompaniyaning 2009 yilda reklamaga xarajatlari 593 mln dollarni taşkil qilgan ekan.
Umuman olganda, kompaniyaning 2019 yilda marketingga umumiy sarf-xarajatlari 18,9 mlrd dollarni taşkil qilgan. Bunga reklamaga sarflangan 11 mlrd dollar va boşqa xarajatlar, jumladan marketing va savdo bilan şuğullanuvçi xodimlarga oylik maoş kiradi.
Amazon’ning eng yirik bozorlari – AQŞ, Germaniya, Britaniya va Yaponiya hisoblanadi. Amazon oxirgi yillarda yirik mediaxoldingga aylanib, reklama beriş bilan bir qatorda öz saytida reklama uçun joylarni taklif qiladi. Bundan kompaniya 14,1 mlrd dollar foyda olgan. Amazon hozirda raqamli reklama sotiş böyiça Google, Facebook va Alibaba kompaniyalaridan keyin dunyoda 4-örinni egallamoqda.
Avvalgi eng yirik reklama beruvçi hisoblangan Procter & Gamble kompaniyasining 2019 yilda reklamaga xarajatlari 350 mln dollargaça kamayib, 6,8 mlrd dollarni taşkil qilgan.












