Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni qişloq xöjaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

«Mamlakatimizda agrar sohani isloh qiliş, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, klaster usuli yölga qöyildi, ekin turlari zamon talabidan kelib çiqib özgartirildi. Natijada hosildorlik ham, daromad ham oşmoqda. Yurtimizda yetiştirilayotgan 80 turdan ortiq qişloq xöjaligi mahsulotlari 66ta mamlakatga eksport qilinmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 23 oktyabrdagi farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030 yillarga möljallangan strategiyasi qabul qilindi. Unga muvofiq, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş maqsadida meva-sabzavot klasterlari taşkil etilmoqda. 2019 yil 11 dekabrda bu borada Prezident qarori qabul qilinib, barça taşkiliy-huquqiy asoslar yaratib berildi. Ötgan qisqa vaqtda hokimliklar tomonidan 86 ta şunday klaster taşkil etiş böyiça takliflar şakllantirildi.

Yiğilişda mazkur klasterlarning rejadagi quvvatlari, investitsiya miqdori va eksport hajmi böyiça ma'lumot berildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Klasterlar tomonidan qayta işlaş, saqlaş va quritiş böyiça 430 ming tonna qöşimça quvvatlarni işga tuşiriş yuzasidan 96ta loyiha rejalaştirilgani qayd etilgan. Şuningdek, 6 ming gektarda intensiv boğ va 8 ming gektarga yaqin maydonda uzumzor barpo qiliş böyiça loyihalar işlab çiqilgan. Joriy yilda 410 million dollarlik mahsulotlar eksporti möljallangan.

Prezident Qişloq xöjaligi vazirligiga klasterlar faoliyatini taşkil qiliş, xorijiy ekspertlar xulosasi asosida ekinlarni samarali joylaştiriş, zarur uruğlik va köçatlarni hozirdan tayyorlaş, Moliya vazirligiga klasterlarni aylanma mablağlar bilan ta'minlaş böyiça topşiriqlar bergan.

«Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi klasterlarga yangi bozorlar topiş va eksport qilişda doimiy ravişda amaliy yordam berib borişi kerakligi körsatib ötildi.

Yiğilişda paxtaçilik klasterlari faoliyatini takomillaştiriş, paxta va ğalla yetiştirişda davlat rejasini bosqiçma-bosqiç bekor qiliş masalalari ham muhokama qilindi.

Davlat rahbari bu haqda joriy yil 24 yanvardagi Murojaatnomasida aytgan edi.

«Paxta va ğalla yetiştirişga davlat buyurtmasini bekor qilib, uşbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qiliş tizimiga bosqiçma-bosqiç ötamiz. Agar bu yöldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetiştirişda erkin bölmaydi, ular özlari kutganlaridek manfaat körmaydi, hokimlarning esa iş uslubi özgarmaydi», degan edi Şavkat Mirziyoyev.