Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi - Qishloq xo‘jaligi vaziri
2020 yildan O‘zbekistonda paxtaga davlat buyurtmasi bekor qilinadi va hokimlar paxta bilan shug‘ullanmaydi. Kun.uz muxbiri xabar berishicha, bu haqda Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev «Islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda munosib mehnat» nomi ostidagi davra suhbati chog‘ida ma'lum qildi.
O‘zbekiston 2020 yildan paxtaga davlat xaridini bekor qiladi. Vazirning ma'lum qilishicha, davlat rahbari 4 fevral kuni o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda shunday topshiriq bergan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida O‘zbekistonda paxta va g‘alla uchun davlat buyurtmasini bekor qilish rejalashtirilayotgani haqida gapirgandi.
4 fevral kuni prezident ishtirokidagi yig‘ilishda klasterlar faoliyatini rivojlantirish, paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda prezident sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish bilan birga hokimlarning reja ortidan quvish va majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga butunlay chek qo‘yilishi haqida gapirgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54 / 14.04.2025
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30 / 14.04.2025
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26 / 14.04.2025
Mavzuga oid

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

18:06 / 22.02.2025
“Tolibon” iqtisodiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

20:13 / 14.02.2025
Fermerlar minimal narxda shartnoma tuzishga majburlanyapti. Sohadagi islohot qarshilikka uchramoqda

20:34 / 20.01.2025