Ta'kidlanişiça, 2019-nCoV koronavirusi tarqalişi uni pandemiya, ya'ni dunyo miqyosidagi kuçli epidemiya deb tan oladigan darajaga yetmagan. Bu haqda JSSTning pandemik va epidemik kasalliklar bölimi boşliği Silviya Brian matbuot anjumanda ma'lum qildi.
“Hozirça bizda pandemiya yöq, biz koronavirusning köplab öçoqlarga ega epidemiyasi bosqiçidamiz va bu öçoqlardan har birini yöqotişga harakat qilmoqdamiz”, deb aytgan JSST vakili.
3 fevralda JSST boş direktori Tedros Gebreyyesus dunyo “global pandemiyaga xavfli darajada tayyor emasligini” aytgan.
“Biz kasallikning tarqalişiga qarşi kuraşga pullarni soçamiz, biroq u tugaganda, bölib ötgan voqealarni unutib, keyingi kasallikning oldini oliş uçun heç narsa qilmaymiz. Bunday kaltabinlik xavflidir va rostini aytganda, tuşunarsiz. Biz tayyorgarlikni uddalay olmasak, unda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutamiz”, deb ogohlantirgandi JSST boş direktori.
30 yanvarda JSST favqulodda yiğilişida Xitoydagi koronavirusni xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb e'lon qilgandi.
Turli mutaxassislar 20 dan köproq davlatda qayd qilingan 2019-nCoV koronavirusi tarqalişi tobora pandemiyani eslatayotganidan ogohlantirişmoqda.
XXI asrdagi birinçi pandemiya 2009 yilda çöçqa grippi A (H1N1) tarqalişi bölgan. JSSTning baholaşiça, uşbu kasallikdan vafot etganlar soni 100 mingdan 400 minggaçani taşkil qilgan. 2010 yil avgustda uşbu pandemiya töxtagani e'lon qilingan.













