4 fevral kuni AKFA Medline klinikasida maxsus taklifga köra Germaniyadan taşrif buyurgan mutaxassis – tibbiyot fanlari doktori, professor Markus Zukfyul iştirokida tibbiy konferensiya bölib ötdi. Myunxen şahridagi Marta-Mariya klinikasi LOR bölimi boş şifokori bölgan janob Zukfyul ilmiy işlar bilan birgalikda Germaniya otolaringologlari jamiyati safida eşitiş qobiliyati pasayişiga qarşi kuraşlar böyiça amaliyotlar olib boradi.
Mazkur tibbiy anjuman Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti kömagida taşkillaştirildi hamda mahalliy şifokorlar uçun LOR-patologiyasi mavjud bemorlarni davolaşda uzluksiz davolaş va jarrohlik usullari haqida jahon miqyosidagi qimmatli takliflar oliş imkonini berdi.


Konferensiya jarayonida mehmon hamda mahalliy otorinolaringolog şifokorlar interfaol tarzda quyidagi mavzularni muhokama qildilar:
- Implantlantiriluvçi eşitiş apparatlari;
- Jarrohlikda boş va böyin defektlari rekonstruksiyasi;
- Timpanosklerozda davolaş usulining öziga xos jihatlari;
- Giperplastik yiringli-polipoz sinusitlarda endoskopik sinus-xirurgiyaning öziga xos jihatlari;
- Ovoz payçalarining bir tomonlama parezida ovozni yaxşilaş.
Bir muddat muqaddam doktor Markus Zukfyul respublikamiz fuqarolari uçun 100 ga yaqin bepul tibbiy köriklar ötkazgan hamda AKFA Medline şifokorlari bilan birgalikda eşitiş organlari va nafas oliş tizimida 10 dan ortiq jarrohlik amaliyotlari amalga oşirgandi.
Bu vatandoşlarimizga yuqori darajadagi xizmat, nemis tibbiyotining ilğor jihatlaridan foydalaniş bilan birga xorijga safar, aviataşuvlar bilan boğliq xarajat hamda vaqtlarini tejaş imkonini bergan.


Konferensiya yakuniga köra, Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti tomonidan iştirokçilarga maxsus sertifikatlar topşirildi. Doktor Markus Zukfyulga esa AKFA Medline markazi direktori K.K.Mirzaliyeva tomonidan klinikaning faxriy professori diplomi taqdim etildi.












