Özbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotga köra, voqea şu yilning 29 yanvarida Toşkent şahrida sodir bölgan. Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining birinçi örinbosari, polkovnik A.Toşpölatov tomonidan berilgan ma'lumotnomaga köra, Jinoyatçilar APS (Avtomatiçeskiy pistolet Steçkina) rusumli öqotar qurolni ötkazmoqçi bölişganda qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhning 4 nafar a'zosiga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi IIV jinoyat qidiruv boş boşqarmasi ma'lumotiga köra, 2019 yil davomida Özbekistonda öqotar qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalari bilan qonunga xilof ravişda muomalasi bilan şuğullanuvçi şaxslarni aniqlaş borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 118ta jinoiy holatlar aniqlangan.
«Qayd etib ötiş lozimki, 16ta jinoiy holat kontrabanda yöli bilan amalga oşirilgan. Aniqlangan 118ta jinoiy holat böyiça 127 nafar (şundan 5 nafari çet el fuqarolari) şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan şaxslardan 114 dona qurollar: 2 dona pistolet, 2 dona qölbola usulda yasalgan qurol va 110 dona ov qurollari, 1340 dona öq-dorilar, 1 dona trotil şaşka va 2 dona granatalar, 46 kg.dan ziyod portlovçi moddalar hamda 1 dona qölbola usulida yasalgan portlovçi qurilmalar aşyoviy dalil tariqasida olingan.
Bundan taşqari, aholi örtasida qurol, öq-dorilar portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalarini öz ixtiyori bilan topşirgan şaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinişi yuzasidan olib borilgan profilaktik tuşuntiriş işlari natijasida, birgina 2019 yil davomida 114 nafar fuqarolardan 771 dona qurol-yaroğlar (şundan 8 dona pistolet, 109 dona boşqa turdagi qurol-yaroğlar, 654 dona ov qurollari, 3705 dona patronlar, 5 dona granata, 1326 gramm portlovçi moddalar) ixtiyoriy ravişda topşirildi.
Bu şaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikdan ozod etiş töğrisida qarorlar qabul qilindi», — deyiladi boşqarma ma'lumotnomasida.

















