Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu virusdan 565 kishi vafot etgan, 28 mingdan ortiq odam kasallangan. Virusni yuqtirib olganlar asosan Xitoy aholisidir, biroq virus butun dunyoga tarqalmoqda.
Xitoydan tashqarida 201ta yuqtirish holati tasdiqlangan. Materikdan tashqaridagi birinchi o‘lim 2 fevral kuni Filippinda, seshanba kuni Hongkongda yuz bergan.
Doktor Li hikoyasi

U epidemiya haqida u tarqala boshlashidan bir necha hafta oldin ogohlantirgan.
Halokatli virus tarqalishidan bir oz oldin Uxan markaziy kasalxonasining oftalmologi Li Venlyan hamkasblarini yetilib kelayotgan muammo haqida ogohlantirgan, ammo ko‘p o‘tmay politsiyachilar uning oldiga kelib, «og‘zini yopishgan».
Bir oy vaqt o‘tgach, yanvar oyi oxirida doktor Li kasalxonadaligida Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi posti orqali bu voqeani batafsil bayon qildi. Unda koronavirus aniqlangandi.
Ma'lum qilishicha, u o‘tgan yilning dekabr oyida kasalxonada 2003 yilgi global epidemiyani keltirib chiqargan atipik pnevmoniyaga (SARS) o‘xshash virusni yuqtirib olgan yetti bemorni payqaydi.
Ularning barchasi karantinga olinadi. Shifokorlar kasallanish holatlari u yoki bu yo‘l bilan Uxandagi baliq bozori bilan bog‘liq deb o‘ylashadi.
30 dekabrda Li Venlyan shifoxona shifokorlarining umumiy chatida xabar yozib qoldiradi. U hamkasblarini yaqinlashib kelayotgan epidemiya haqida ogohlantirib, ularga himoyaviy kiyim kiyishni maslahat beradi.

O‘sha vaqtda u dunyo yaqin orada mutlaqo yangi koronavirus turiga duch kelishini bilmas edi, shunchaki avj olish yaqinlashayotganini anglab yetgandi.
To‘rt kun o‘tgach uning oldiga huquq-tartibot idoralari xodimlari kelib, shifokorga u jamoat tartibiga zarar keltiruvchi yolg‘on mish-mishlarni tarqatishda ayblangan hujjatni imzolashni buyurishadi.
«Biz sizni ogohlantiramiz, agar o‘jarlik bilan qonunga zid xatti-harakatlarni davom ettirsangiz, sudga tortilasiz. Hammasi tushunarlimi?», - ulardan iqtibos keltiradi doktor Li. U quyiga «Ha, hammasiga tushundim» deb yozishga majbur bo‘ladi.












