Ayni paytda Özbekiston barça sohalarda tarixiy özgarişlarni boşdan keçirmoqda. Bu jarayonda mijoz talabiga mos, jahon tajribasiga asoslangan talabgir mahsulotlarni taklif etuvçi, şu jumladan Islom dini moliyasiga muvofiq keluvçi yangi, zamonaviy bank sektori transformatsiyasi alohida diqqatni jalb qiladi.
Şu bois ASIA ALLIANCE BANK, davlat rahbari tomonidan 2017 yil 20 dekabrda belgilab berilgan «Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori va 23 may 2019 yilda qabul qilingan «Islom Taraqqiyot Banki guruhi va Arab Muvofiqlaştiriş guruhi jamğarmalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ikki tomonlama hamkorlikni izçil rivojlantirib bormoqda.
Jumladan ASIA ALLIANCE BANK delegatsiyasining Jidda (Saudiya Arabistoni) şahriga 2019 yil noyabr oyidagi taşrifi doirasida Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvçi Islom xususiy sektorni rivojlantiriş korporatsiyasi (IXSRK) bilan hamkorlik böyiça qator kelişuvlar imzolandi.

Özbekiston Respublikasida kiçik biznes sub'yektlari va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişni moliyalaştiriş uçun 10 million AQŞ dollari qiymatdagi kelişuv imzolandi. Köp yillardirki IXSRK moliyalaştiriş yönalişlari iqtisodiyotning turli sohalarida investitsion loyihalarni moliyalaştiriş ortidan hayotga tatbiq etiş hamda rivojlantirişni jadallaştiriş imkonini bermoqda.
Bundan taşqari, özaro yölga qöyilgan hamkorlikni hisobga olgan holda IXSRK tomonidan beriluvçi maslahatlar yordamida ASIA ALLIANCE BANK keng qamrovli bank mahsulotlarini taqdim etuvçi «Islomiy darça» faoliyatini yölga qöyadi.
Bu kelişuvni amalga oşiriş doirasida 2020 yilning 3-4 fevral kunlari ASIA ALLIANCE BANK bankida IXSRK vakillari iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Bank rahabariyati bilan uçraşuvda Islom moliya institutlari Departamenti direktori janob Mohamed Maher Mannai, IT-loyihalarini boşqariş böyiça ekspert janob Abdullah Khamis va loyiha rahbari Muzaffar Nizomiddinovlar qatnaşdilar.
IXSRK vakillari bilan uçraşuv davomida bank rahbariyatiga islomiy moliyalaş böyiça taqdimot ötkazildi. IXSRK va ASIA ALLIANCE BANK hamkorligida boşlangan işlar doirasida 2020 yil oxiriga qadar alohida tuzilma şaklida yölga qöyiladigan «Islomiy darça» faoliyati şariat ahkomlariga muvofiq bank xizmatlarini taqdim etişi alohida ta'kidlandi. Mazkur loyihaning ulkan ahamiyatini hisobga olgan IXSRK vakillari ötgan muzokaralar samarasini yuqori baholadilar.

















