Xalqaro press-klubning 5 fevraldagi sessiyasida qişloq xöjaligi sohasi muhokama qilindi.
Sessiyada qişloq xöjaligi klasterlarining fermer xöjaliklaridan olgan mahsulotlari uçun tölov qilolmasligi bilan boğliq holatlarga izoh söraldi. Savolga Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Bahodir Xoliqov javob berdi.
«Men hali bunday holatga guvoh bölmadim. Klasterlar va fermer xöjaliklari örtasida fyuçers şartnomasi tuzilgan. Balki klasterlarda olingan mahsulotni qayta işlaş, realizatsiya qiliş, aylanma mablağlar masalasida ozgina çeklov bölgandir.
Aylanma mablağlarning paydo bölmayotgani esa klasterlar taşkil topganiga hali ikki yil bölgani bilan boğliqdir. Ularda işlab çiqariş holatlari hali töla rivojlanmagan. Ularda tuzilma endi şakllanyapti.
Masalan, paxtaçilik klasterlarida tola oliş, çigitdan moy oliş, tayyor, yarim tayyor mahsulotlar işlab çiqariş jarayonlari töla şakllangandan keyin mahsulot sotiladi. Öşa mablağdan işlab çiqarişga ketgan mablağlarning örni qoplanadi va aylanma mablağ şakllanadi.
Siz aytgan holat ham bitta-yarimta bölişi mumkin. Lekin aksariyat fermerlarda bunday muammo yöq», deya vazir örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir örinbosaridan sönggi vaqtlarda aynan qaysi hududlardagi maydonlar paxta va ğalla yetiştirişdan ozod qilingani haqida ham söraldi.

«Men ikkala ekin turini ekmayotgan tumanni aynan misol keltira olmayman. Lekin paxta ekmaydigan tuman bor, ğalla ekmaydigan tuman bor. Paxta ekmayotgan tumanlar sifatida Andijonning Asaka va Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanlarini misol keltirişim mumkin», dedi u.
Vazir örinbosari paxtaçilikdan yaqin yillarda çiqarilgan tuman sifatida Toşkent viloyatining Zangiota tumanini keltirdi. Ammo, bu tuman mustaqillik yillarida umuman paxta ekilmagan tumanlardan biri hisoblanadi.
















