Koronavirusning tarqaliş öçoği bölgan Uxanda xorijiy fuqarolar orasida dastlabki qurbonlar qayd etildi. Reuters agentligining AQŞning Pekindagi elçixonasiga tayanib xabar qilişiça, şaharda amerikalik fuqaro vafot etdi.
New York Times ma'lumotlariga köra, gap 60 yoşli ayol haqida bormoqda, unda kasallikni yuqtirib olişdan avval salomatligi bilan boğliq muammolar bölgan. Uning qaçon kasalxonaga yotqizilgani haqida ma'lumot yöq.
AQŞning özida 12 kişi kasallangan deb hisoblanmoqda. Qöşma Ştatlarda ölim bilan tugagan holatlar kuzatilmadi.
Öz navbatida, Yaponiya Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, uşbu mamlakat fuqarosi ham Uxandagi kasalxonada vafot etgan. U koronavirusga gumonlanib kasalxonaga yotqizilgan va pnevmoniyadan (zotiljam) vafot etgan.
Sönggi ma'lumotlarga köra, 724 kişi dekabr oyida Uxanda paydo bölgan koronavirus qurboniga aylandi. Ularning aksariyati Xubey provinsiyasida vafot etdi.
Xitoyning materik qismidan taşqarida ikki kişi hayotdan köz yumdi: Honkong va Filippinda bittadan ölim holati qayd etildi.
Bundan oldin, qurbonlar soni bir kunda 88 kişiga ortgani xabar berilgandi.













