Avstraliyaning o‘rmon yong‘inlaridan aziyat chekayotgan Yangi Janubiy Uels shtatiga kuchli dovul yopirilib, u olib kelgan yomg‘irlar shtat hududida 74 kundan beri davom etayotgan yong‘inlarni o‘chirdi.
Bu haqda 7news mahalliy kanali xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, yomon ob-havo oqibatida 100 mingdan ko‘proq odam, jumladan Sidney aholisi elektr ta'minotisiz qolgan. Ba'zi hududlarda toshqin yuz berishi xavfi sababli evakuatsiya e'lon qilingan.
Ayni vaqtda dovuldan 6 kishi jabrlangani ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, dovul vaqtida Sidney sohillari yaqinida balandligi 14 metrgacha yetgan to‘lqinlar kuzatilgan.















