Tailandda yana otişma boşlandi, deb xabar bermoqda Bangkok Post.

Naşrning yozişiça, Nakxonratçasima şahrida öndan ortiq kişini otib öldirgan askar Jakrapant Txomma yaşirinib olgan savdo markazida otişma ovozlari eşitilmoqda. Maxsus bölinma harbiylari «Terminal-21» savdo markazi atrofini örab olgan.

«Ranşe vsex. Nu poçti» Telegram-kanalining xabariga köra, politsiyaçilar hozirça uni qölga olişga muvaffaq bölmagan — u 16 kişini garovda uşlab turibdi. Voqea joyiga askarning onasi ham olib kelingan, u öğlini taslim bölişga köndirişga urinmoqda.

Ma'lumot berilişiça, Txomma dastlab harbiy lagerda öz komandiri va ikki kişini otib taşlagan, söngra u yerdagi harbiy maşinaga ötirib qoçib ketgan. U Muang rayonidagi «Terminal-21» savdo markaziga yöl olgan va u yerga yetib borgunça yölida uçragan ötkinçilarni öqqa tutgan. Avvalroq qurbonlar soni 12 nafar ekanligi aytilgandi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, otişma natijasida 17 kişi halok bölgan.

U savdo markazidagi harakatlarini Facebook orqali jonli tarzda namoyiş etgan. Oradan bir oz vaqt ötib uning sahifasi bloklangan.