Yangi 2019-nCoV koronavirusining tarqalişi bilan boğliq vaziyat mutaxassislar hozirgi kunda taxmin qilayotganidan jiddiyroq bölişi mumkin. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus Twitter’dagi sahifasida yozdi.

JSST rahbarining ta'kidlaşiça, Xitoyda bölmagan kişilar tomonidan virusning yangi turini yuqtiriş holatlari qayd etilgan. Uning fikriça, bu holatlar yuqumli kasallik boşqa mamlakatlarda ham keng tarqalişi mumkinligidan dalolat beradi. «Qisqaça aytganda, biz aysbergning uçini körib turibmiz», - deydi Gebreyyesus.

Tedros Adanom Gebreyyesus
Foto: Salvatore Di Nolfi/AP/TT

Xitoydan taşqarida virusning tarqaliş sur'ati hozirça past darajada, ammo keyinçalik u tezlaşişi mumkin, deya ogohlantirdi JSST rahbari. Gebreyyesus barça davlatlarni infeksiyaning kirib borişiga tayyorgarlik köriş uçun «imkoniyatlar darçasidan» foydalanişga çaqirdi. «Bu kasallikni laboratoriyada tezda taşxislaş imkoni, aloqalarni kuzatib boriş va soğliqni saqlaş arsenalida boşqa vositalarni öz içiga olişni anglatadi», - deya qayd etdi Gebreyyesus.

Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasini samarali davolay oladigan preparat mavjud emas, deya ogohlantirgan JSST vakillari. Şu bilan birga, taşkilotda qayd etişlariça, öz vaqtida yordam beriş, şu jumladan, nafas oliş va töğri parvarişlaşda kömak körsatiş bemorlarga asqotişi mumkin.

Ilgari noma'lum bölgan koronavirus ötgan yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan şahrida tarqalişni boşlagan edi. JSST sönggi ma'lumotlariga köra, kasallanganlar soni 37 mingdan oşdi, ularning aksariyati Xitoyning materik qismida. Mamlakatdan taşqarida 307ta tasdiqlangan kasallaniş holati qayd etildi. Virus tufayli kelib çiqqan pnevmoniya (zotiljam)dan 910 kişi, şu jumladan ikki kişi XXRdan taşqarida - Filippin va Honkongda vafot etdi.

Londondagi Gigiyena va tropik kasalliklarni tadqiq qiliş maktabi olimlari xulosasiga köra, dekabr oyi oxirida qayd etilgan koronavirusning tarqalişi fevral oyi ikkinçi yarmida eng yuqori