Bu haqda 9 fevralda IRIB telekanali xabar berdi.

Raketaning uçirilişi va barça tayyorgarlik jarayoni heç qanday köngilsizliklarsiz ötgan. Raketa Imom Humayniy nomidagi kosmodromdan uçirilgan.

Biroq startdan biroz ötib, sun'iy yöldoş belgilangan orbitaga yetiş uçun kerakli tezlikka erişa olmagan. Dastlab sun'iy yöldoşni 530 km balandlikka çiqariş rejalaştirilgandi.

Qurilma foydali qazilmalar izlaş, örmonlar holatini baholaş va ehtimoliy tabiiy ofatlarni kuzatiş uçun Yer sirtini suratga oladi. Şuningdek, sun'iy yöldoş ovozli xabarlarni uzata oladi. 

Ma'lum qilinişiça, 2019 yil yanvarda Eron Payam sun'iy yöldoşlarini orbitaga çiqarişga muvaffaqiyatsiz urinişni amalga oşirgan. Öşanda ham qurilma kerakli orbitaga çiqarila olinmagan.

Keyinroq bir qator davlatlar Eronni BMT Xavfsizlik kengaşining 2231-sonli rezolyutsiyasini buzişda ayblagan. Hujjat rasmiy Tehronga raketalar uçirişni taqiqlaydi.