Sinoptiklar ma'lumotiga köra, şamol tezligi soatiga 90 milni (144 km) taşkil etadi. Mamlakatning turli hududlarida jiddiy suv toşqinlari yuzaga keliş xavfi bor.

Köplab aviakompaniyalar, jumladan British Airways köplab xalqaro va içki reyslarini bekor qilgan yoki parvozlar sonini jiddiy darajada qisqartirgan.

Turli yönalişlarda paromlar qatnovi töxtatilgan.

Britaniyada temir yöllar harakatiga mas'ul bölgan Network Rail kompaniyasi eng yuqori tezlikni soatiga 50 mildan (80 km) oşirmaslik böyiça ogohlantirgan, köplab poyezdlar harakati bekor qilingan yoki temir yöllarda vaziyat yomonlaşgani tufayli keçikiş bilan yurmoqda.

Angliyada tezyurar yöllar böyiça şuğullanadigan  Highways England kompaniyasining tvitterida şamoldan qulayotgan yuk maşinasi tasviri joylaştirilgan.

Yakşanba kuni Londonda barça qirollik parklari, şu jumladan Hayd-park va Rijyens-park yopildi, parklarda daraxtlar yiqilişi xavfi yuzaga kelgan.

Ayni vaqtda Norfolk grafligidagi Sandringem qarorgohida bölib turgan qiroliça Yelizaveta ob-havo yomonligi tufayli yakşanba kuni çerkovga çiqmadi.

Köplab poyezdlar harakati reyslarga daraxt qulaşi oqibatida bekor qilingan NETWORK RAIL

«Siara» dovuli tufayli Premer-liga doirasidagi «Mançester-siti» va «Vest Hem» örtasidagi öyin qoldirildi.

«Şeffild Yunayted» va «Bornmut» jamoalari futbolçilari esa ob-havo noqulay bölişiga qaramay maydonga çiqişga qaror qilişdi.