Özbekistonda Jinoyat kodeksining yangi tahriri işlab çiqiladi. Bu haqda Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasining milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi»da aytilgan.

Qayd etilişiça, tegişli qonun loyihasi 2020 yil davomida işlab çiqiladi. Mas'ul ijroçilar - Boş prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi.

Şuningdek, jinoiy harakatlar natijasida jabrlangan şaxslarning (jabrlanuvçilarning) huquqlarini himoya qiliş va amalga oşirişning huquqiy asoslarini işlab çiqiş, yetkazilgan moddiy yoki ma'naviy zarar uçun kompensatsiya kafolatlari böyiça normativ-huquqiy hujjat loyihasi va taşkiliy çora-tadbirlar işlab çiqiladi.

Muddati - 2021 yil, mas'ul ijroçilar - Oliy sud, Boş prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş markazi.

Bundan taşqari, uşlangan şaxsni videoga yoziş, unga protsessual huquqlarini tuşuntiriş va advokatni rad etiş tartibi joriy qilinadi. Uşlab turilgan şaxsning yaqin qarindoşlarini, ular mavjud bölmasa, boşqa qarindoşlarini bu haqda darhol xabardor qiliş majburiyati huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlariga yuklanadi.

Şu bilan birga, prokuror yoki tergovçining jinoyat işini qözğatiş, jinoyat işini qözğatişni rad qiliş, tergovni tayinlaş, tergovni yoki dastlabki tergovni töxtatiş va jinoyat işini tugatiş töğrisidagi qarorlari böyiça manfaatdor şaxslarning sudga töğridan-töğri murojaat qilişi tartibi joriy etiladi.