Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi tomonidan Dilares MÇJ xodimlarining qimmatli qoğozlar bilan operatsiyalarni amalga oşiriş huquqini beruvçi malaka guvohnomalarining amal qiliş muddati tugatildi. Bu haqda agentlik xabarida aytilgan.

Qayd etilişiça, 2019 yilda agentlikka aksiyadorlar va investorlar tomonidan Dilares MÇJ xodimlarining ayrim harakatlari yuzasidan şikoyatlar kelib tuşgan.

“Agentlik masalani örganiş jarayonida Dilares MÇJ rahbari va xodimlari tomonidan investitsiya vositaçisi faoliyati vakolatlarini bir neça bor öz şaxsiy manfaatlari yölida suiiste'mol qilinganligi aniqladi.

Xususan, Dilares MÇJ xodimlari özlariga işonib topşirilgan boşqa fuqarolarga tegişli bölgan aksiyalarni noqonuniy ravişda özlaştirgan va sotib yuborgan. Şuningdek aksiyadorlar va investorlarga uşbu holatlar yuzasidan notöğri ma'lumotlar taqdim etib, ularni çalğitgan.

Masalan, 2018 yil oxirida Dilares MÇJ xodimlari özlariga saqlaş uçun işonib topşirilgan fuqaro B.R.ga tegişli oddiy aksiyalarini uning ruxsatisiz 663 mln sömga sotib, daromadni özlaştirgan.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, Dilares MÇJ sobiq direktori A.Haydarovga, direktor örinbosari A.Abdullayevga, sobiq içki inspektor Ş.Şaraxmetovga berilgan qimmatli qoğozlar bilan operatsiyalarni amalga oşiriş huquqini beruvçi malaka guvohnomalarining amal qiliş muddati agentlik tomonidan 2020 yil 27 yanvar kunidan boşlab tugatildi”, - deyiladi agentlik xabarida. 

Şuningdek, Dilares MÇJga qimmatli qoğozlar bozorida professional faoliyatini amalga oşiriş uçun berilgan litsenziyalarning amal qiliş muddatini tugatiş yuzasidan sudga da'vo arizasi kiritilgani aytildi.