Kapital bozorini rivojlantirish agentligi fuqarolarga sarmoya kiritishda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya qildi
Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga fuqarolar tomonidan Telegram messenjeri platformasida faoliyat yuritayotgan Unique Finance Nasdaq kanali va NASDAQ UNIQUE FINANCE UZB guruhi faoliyatining qonuniyligi to‘g‘risida ma'lumot berish mavzusida murojaatlar kelib tushgan.
![](https://storage.kun.uz/source/5/xM08ljmUStfAUfEkrnRQvCS9pIWr917h.jpg)
Foto: Lucas Jackson/Reuters
Ta'kidlanishicha, kanal va guruh egalari fuqarolarning mablag‘larini https://unique.finance/ sayti orqali yirik kompaniyalarning aksiyalariga sarmoya kiritish uchun jalb qilishadi. Shuningdek, kanal va gruppa egalari tomonidan Agentlik logotipidan, foto va video materiallaridan foydalanish hollari ko‘plab uchraydi.
“Kanal va guruh egalari tomonidan sarmoya kiritgan fuqarolarga barqaror va yuqori daromad, shuningdek boshqalarni ham sarmoya kiritishga undab, jalb qilishgani uchun qo‘shimcha bonuslar va mukofotlar va'da qilinadi. Yangi ishtirokchilarni jalb qilish oqibatidagi olingan daromad miqdori esa aksiyalarga kiritilgan sarmoyadan olinadigan daromad miqdoridan oshib ketishi imkoniyati mavjud.
Misol uchun, saytga sarmoya kiritgan ishtirokchiga o‘zidan so‘ng yana 3 ta ishtirokchi jalb qilsa, hamda ularning har biri kirish badali hisoblangan 5 000 AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritsa, 1000 AQSh dollari miqdorida mukofot olishi mumkinligi, hamda o‘zi jalb qilgan ishtirokchilarining daromadidan 5 foiz miqdorida bonus olib turishi va'da qilinadi.
Kanal va guruh a'zolari yangi ishtirokchilarni jalb qilish jarayonida namoyish qiladigan unique.finance veb-sayti kontenti asosan kapital bozori sohasidagi ma'lumot va o‘quv materiallaridan, shuningdek sayt tomonidan tashkil qilinadigan onlayn treninglar haqidagi ma'lumotlardan iborat.
Kerakli minimal miqdordagi mablag‘ni (5000 AQSh dollarini) kiritib, ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchiga Apple, Yahoo, Microsoft kabi 16ta kompaniyadan birining aksiyalarini sotib olish imkoniyati, hamda aksiyalar sotib olinganidan so‘ng ular ishtirokida avtomatik tarzda spekulyativ savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risida ma'lumotlar ko‘rsatiladi”, - deyiladi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi xabarida.
Qayd etilishicha, aslida ishtirokchi hech qanday aksiya egasiga aylanmaydi, sayt esa fond bozorida mijozning qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirmaydi. Ishtirokchiga ko‘rsatiladigan uning hisobidagi aksiyalari, hamda ular ishtirokidagi spekulyativ savdolar esa taqlid (imitatsiya) va yolg‘on ma'lumotlar.
O‘rganish davomida Agentlik tomonidan yuqoridagi sayt, kanal va guruh faoliyatida "moliyaviy piramida"ning ko‘plab belgilarini aniqladi. Bundan tashqari, sayt bir qator mamlakatlarning nazorat organlari tomonidan "moliyaviy piramida"lar reyestriga kiritilganligi aniqlandi.
Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va fuqarolarga mulkiy zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida, Agentlik yuqorida ko‘rsatilgan manbalardan materiallarni respublika huquqni muhofaza qilish organlariga ko‘rib chiqish uchun yubordi.
Agentlik fuqarolarni yuqoridagi sayt, telegram kanal va guruh faoliyatida "moliyaviy piramida" belgilari mavjudligi, hamda ularning faoliyati qimmatli qog‘ozlar bozori bilan bog‘liq emasligi haqida ogohlantirdi.
Agentlik, shuningdek, fuqarolarga sarmoya kiritishda ehtiyotkor bo‘lishni va taklif qilingan loyihalarda "moliyaviy piramidalar"ning quyidagi belgilari mavjudligini tekshirishni tavsiya qildi:
bozor darajasidan bir necha baravar yuqori bo‘lgan daromadni va'da qilinishi;
daromadning kafolatlanishi (qimmatli qog‘ozlar bozorida taqiqlangan);
yangi ishtirokchilar kiritgan pulning qaysidir qismi oldingi ishtirokchilarga daromad tariqasida berilishi;
tashkilotning moliyaviy holati to‘g‘risida biron bir ma'lumot yo‘qligi;
tashkilot faoliyatining aniq ta'rifi yo‘qligi;
kapital bozorida faoliyat olib borish uchun litsenziyaning yo‘qligi yoki Kapital bozori agentligi reyestrlarida tashkilot haqida ma'lumotlarning mavjud emasligi;
ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmoqlarida yuqori daromad keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan agressiv reklama qilinishi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
Tramp Putin va Zelenskiyga telefon qildi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy foydali qazilmalar bo‘yicha AQSh bilan kelishuvni nega imzolamaganini tushuntirdi
Jahon | 23:15
-
Qo‘qonda ko‘pyillik daraxtni kesmoqchi bo‘lgan fuqarolar qamoqqa olindi
Jamiyat | 23:02
-
Killerlarga hukm, gullayotgan korrupsiya va kayfiyati tushayotgan biznes - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Tramp o‘zini Maskdan «ajratishga» urinishlar haqida gapirdi
Jahon | 22:06
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/qb0K05U7cLZSX4oR1NTBL58lcEElETKM_medium.jpg)
10:51 / 11.02.2025
150 ming kishini chuv tushirgan bank – Rossiyadagi shov-shuvli moliyaviy piramida tarixi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/qJOpUTKvlVwiMgS7-cVcYRkAzYELCbOT_medium.jpg)
18:05 / 05.02.2025
Turkiyada eng yirik moliyaviy piramidani tashkil qilgan aka-ukalar 45 ming yilga qamaldi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/Rsw-KlgZM_y3JumSuQB3gkrmcQ8MlqkY_medium.jpg)
18:57 / 06.01.2025
Tarmoqlarda yangi firibgarlar: faollashayotgan tredingchilar, 2 kunga “prava” va Masdar niqobidagi moliyaviy piramida
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/SRHyQT2IKyXS3_LQLa8S-pLID8AcssZp_medium.jpg)
21:14 / 22.10.2024