11 fevral kuni Toşkent viloyatidagi «Ğiştköprik» çegara-bojxona postiga press-tur uyuştirildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat bojxona qömitasi Bojxona nazoratini taşkil etiş boşqarmasi boşliği Rustam Kabulovning aytişiça, koronavirus tufayli Xitoydan tovarlar kirib kelişi çeklanayotgani haqidagi gap-sözlar asossiz.
«Özbekiston va Xitoy örtasidagi savdo-sotiqda heç qanday taqiq örnatilgani yöq. Xitoy hududida tarqalgan koronavirus sababli çegarada Soğliqni saqlaş tarkibiy tuzilmalari har bir fuqaroni nazorat qilyapti. Import-eksport jarayonida ham Xitoydan keladigan tovar bölsa, tegişli idoralar bu mahsulotga sertifikat qilib beradi.
Hozirda tovarlar kirib kelyapti. Quriliş materiallari, xalq iste'mol tovarlari töxtagani yöq.

Bizning Xitoy bilan umumiy çegaramiz yöq. Fuqarolar Qozoğiston yoki Qirğiziston orqali kirib kelişi mumkin. Agar Xitoydan fuqaro kirib kelsa, albatta SES xodimlari ularning soğligini tekşirişyapti.
Kirib kelişni çeklab bölmaydi. Hozirda Qozoğiston-Xitoy çegarasi vaqtinça yopilib, fuqarolar harakatiga nazorat kuçaytirildi. Lekin tovar oqimiga ta'sir qilgani yöq», – deb ta'kidladi Kabulov.













