Virus haqidagi xabarlar fonida bozorlarda Xitoydan kelayotgan kiyim-keçaklar narxi oşgani haqida gap-sözlar ham tarqaldi. Xöş, butun dunyoni qörqitib qöygan virus bozorlarimizga çindan ta'sir qildimi? Bu savolga javob izlaş uçun Samarqanddagi bozorlarni aylandik.

Samarqand şahridagi «Ipak yöli» savdo majmuasida savdo qilayotgan bir guruh tadbirkorlar Xitoyda tarqalayotgan koronavirus vahimasi bozordagi kiyim-keçaklar narxiga ta'sir qilmaganini bildirişdi. Ularning aytişiça, hozir kiyim-keçaklar uçun eng sust mavsum, odamlar qişki kiyimlarni yangi yilgaça olib bölgan, bahorgi kiyimlar mavsumi esa hali boşlanmadi. Bozordagi savdoni qizitadigan töylar ham asosan kuzda ötkaziladi. Kiyim-keçak savdosi avjida bölmagan vaqtda narxni oşiriş savdoga salbiy ta'sir körsatadi.

Aynan şu bozor yonida Samarqand şahridagi eng yirik ulgurji meva-sabzavot bozori ham joylaşgan. U yerdagi banan savdosi bilan şuğullanadigan tadbirkorlarning sözlariga köra, vahimali gap-sözlar ortidan banan savdosi susaygan. Sotuvçilar turib qolgan bananlar aynib qolmasin uçun tezroq sotib yuboriş maqsadida banan narxini 7-8 ming sömgaça tuşirişgan.


Bugun bozorda bananni ikki xil narxda oliş mumkin: yangi kelganlari 15-17 ming söm, avvalroq kelganlari 10 ming sömdan. Xitoydan keltirilgan mandarinlarning narxida esa özgariş bölmagan: sifatlisi 16-17 ming söm, rangi özgargani 8,5 ming sömdan sotilmoqda. Ya'ni, virus haqidagi gaplar mandarin narxiga unçalik ta'sir qilmagan.

Urgut savdo kompleksi nafaqat Samarqand viloyati, balki qöşni viloyatlar aholisi ham kiyim-keçak va boşqa buyumlar xarid qiladigan katta bozor hisoblanadi. Bu yerda savdo qilayotgan tadbirkorlarning aytişiça, Özbekiston tomoni parvozlarni töxtatganidan keyin Xitoydan keladigan mahsulotlar narxi 10-15 foiz oşgan. Agar yaqin orada Xitoydan mahsulot olib keliş qayta yölga qöyilmasa, narxlar yana kötarilişi mumkin.
Samarqand viloyatida quruq meva eksporti bilan şuğullanadigan tadbirkorlar ham köp. Viloyat hududidagi boğlarda yetiştirilayotgan mahsulotning bir qismi eksportga sarxil holida çiqarilsa, yana bir qismi quritilgan holda qayta işlanadi. Ular orasida eng köp eksport qilinayotgani turli navdagi mayizlardir.












