Özbekiston Milliy axborot agentligining axborot portalini yaratiş töğrisida hukumat hujjati loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Qayd etilişiça, hujjat prezidentining “Özbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2019 yil 2 dekabrdagi PQ-4541-son qarorining 10-bandi ijrosini ta'minlaş, şuningdek Özbekiston Milliy axborot agentligining moddiy-texnika bazasini takomillaştiriş maqsadida qabul qilinişi közda tutilgan.
Loyihaga köra, Özbekiston Milliy axborot agentligining axborot portalini yaratiş va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş uçun xarid qilişini belgilangan texnika vositalari röyxati tasdiqlanadi.
Moliya vazirligi texnika vositalarini xarid qiliş uçun Özbekiston Respublikasi respublika budjetini 2020 yil 1-çorak yakuni böyiça daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan 5,4 mlrd sömni Özbekiston Milliy axborot agentligiga 2020 yilning aprel oyida ajratişi möljallangan.
Özbekiston Milliy axborot agentligi:
hujjat ilovasida körsatilgan texnika vositalarini sotib oliş uçun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tender savdolarini ötkazadi;
ötkazilgan tender savdolari yakunlari böyiça iqtisod qilingan mablağni tegişli tartibda Özbekiston Respublikasi respublika budjetiga qaytarilişini ta'minlaydi.
Ajratilgan budjet mablağlaridan:
maqsadli foydalaniş yuzasidan şaxsiy javobgarlik Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktori (A.Köçimov)ga;
davlat xaridlari böyiça tender (tanlov) savdolarining töğri ötkazilişi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oşiriş hamda maqsadli sarflanişini nazorat qiliş Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorat departamenti zimmalariga yuklanadi.












