2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 1 iyunga qadar tegişli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiladi. Loyihalarda:
senatorlarni qonunçilik taşabbusi huquqi sub'yektlari qatoriga kiritiş;
Senatga kelib tuşgan qonunning joylardagi muhokamasini taşkil etişning aniq mexanizmini belgilaş;
Özbekistonning xorijiy davlatlardagi elçilari hisobotini eşitiş amaliyotini yölga qöyiş;
Senat tomonidan vazirlik va idoralar rahbarlarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar böyiça hisobotini muntazam muhokama qiliş amaliyotini yölga qöyiş;
parlament va senator sörovi yuborilgan mansabdor şaxsning özi tomonidan sörovga javob beriş tartibini belgilaş;
sörovlarni hududlar manfaatidan kelib çiqib şakllantiriş, uning natijasiga oid axborotni qömita va yalpi majlislarda muhokama qiliş tizimini joriy etiş;
Senatga mahalliy Kengaşlar tomonidan qabul qilingan qonunga zid qarorlarni bekor qiliş vakolatini beriş;
Senatning har bir qömitasi öz faoliyat rejasini hududiy muammolardan kelib çiqib şakllantirişi amaliyotini keng yölga qöyiş;
Barqaror rivojlaniş maqsadlarini bajariş böyiça tasdiqlangan indikatorlarga erişilişi ustidan monitoring olib boriş;
Senat tomonidan yoşlar va ta'lim masalalari böyiça tegişli çoralarni belgilaş nazarda tutiladi.












