2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 mayga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:

sudyalar va sud xodimlariga iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlarni töliq Davlat budjeti hisobidan moliyalaştiriş çoralarini köriş, buning uçun budjetda alohida satrni ajratiş;

sudyalar va sud xodimlarining iş haqini oşiriş, ularning mehnatiga haq tölaş normalarini qayta körib çiqiş va xalqaro standartlarga moslaştiriş;

yangi qurilişi rejalaştirilayotgan sud binolarini ilğor xalqaro tajriba asosida loyihalaştiriş, sud binolarini quriş, kapital ta'mirlaş va rekonstruksiya qiliş böyiça dasturni tasdiqlaş;

sudyalarni qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça qurilgan xizmat uy-joyi oliş huquqiga ega bölgan rahbarlar röyxatiga kiritiş;

sudlar faoliyatini moliyalaştiriş va moddiy-texnik bazasini yaxşilaşga qaratilgan manzilli çora-tadbirlar nazarda tutiladi.

Ijro uçun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Oliy sud, Moliya vazirligi.