Rossiyaning eng yirik banki hisoblangan “Sberbank”ning egasi özgaradi. Rossiya hukumati bankning Markaziy bankka tegişli uluşini (50 foiz plyus bir aksiya) Milliy farovonlik jamğarmasi mablağlari hisobidan bozor narxida sotib olmoqçi.
Bu haqda Rossiya moliya vazirligida ma'lum qilingan. Sotib olinadigan nazorat paketi 2,8 trln rublga baholangan.
Moliya vaziri Anton Siluanovning ta'kidlaşiça, bankning nazorat qiluvçi aksiyadori özgarişi fuqarolarning bankdagi omonatlariga ta'sir körsatmaydi.
Ayni vaqtda Rossiya Markaziy bankining “Sberbank” kapitalidan çiqişi böyiça qonun loyihasi işlab çiqilgan va u hukumatga körib çiqiş uçun yöllangan.
Hujjatda ta'kidlanişiça, Markaziy bank ham “Sberbank” aksiyadori bölişi, ham tartibga soluvçi va nazorat qiluvçi organ hisoblanişi manfaatlar ziddiyatini keltirib çiqarişi mumkin, aksiyalarning sotilişi esa bu muammoga barham beradi.

















