Qişloq va şahar örtasidagi katta farqlaridan biri aynan farzandlarni barkamol etib tarbiyalaşdagi şaroitlarning ikki xilligida bölsa kerak.

Şaharda bolangizni risoladagidek öqib-ta'lim olişi, sport, musiqa bilan şuğullanişi uçun imkoniyatlar, qulayliklar köproq. Şuning uçun jamiyat oldidagi birinçi navbatdagi vazifa qişloq va şaharni yaqinlaştiriş bölişi lozim

Andijon viloyati Xöjaobod tumanidan kelgan murojaat aynan mana şu mavzuda ekan. Tumanning Çiroqçi mahallasida joylaşgan 17-umumiy ta'lim maktabida şu paytgaça sport zali bölmagan. 600 nafar öquvçi ta'lim olayotgan maskanga 2016 yili sport zali qurilişi boşlanganida öquvçilar va ota-onalar rosa quvonişgan edi. Biroq 2018 yili devorlari kötarila boşlagan inşoot bitkazilmay taqa-taq töxtadi-qoldi.

 

Bilamiz, öqituvçi xalqi royiş böladi. Maktab ma'muriyati biror joyga qurilişni bitkaziş yuzasidan murojaat qilmagani aniq. Biroq, Çiroqçi mahallasi ahli bu muammo yuzasidan qişloqqa kelgan barça mutasaddilarga köp bora arz qilişdi. Ota-onalar, tuman va viloyat xalq ta'limi bölimlarga ham bir neça bor murojaat bilan çiqişgan.

Söngi ikki yil davomida, qişloqqa qölida papkasi, bloknoti bilan bir guruh bölib kelgan barça işçi guruhlar, sektor rahbarlari aholi arzini köp bora tinglagan. Mutasaddilardan samara bölmadi. Bolalar hali ham jismoniy tarbiya darsini sinf xonalarida şaşka-şaxmat öynab yoki maktab hududidagi qişda loy, yozda tuproq maydonçada ötkazişmoqda.

Maktabga yetib borganimizda bizni bir guruh otalar kutib turgan ekan.

Işçi guruhlar, sektor rahbarlari kelib, muammoni yozib ketadi – foydasi yöq

Çiroqçi mahallasidagi ota-onalar va maktab örtasidagi hamkorlikka havas qilsa böladi. Farzandlari ta'lim olayotgan dargohda sport zalining yöqligi ularni taşvişga solayotganini aytişdi.