Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirus qurbonlari va kasallanganlar soni keskin oshib ketdi
Foto: AP
Xitoyning Xubey provinsiyasida o‘tgan bir kun ichida koronavirus qurbonlari soni 242 nafarga ko‘payib, umumiy soni 1310 nafarga yetdi.
Shuningdek, kasallanganlar soni bir kun ichida 14840 nafarga ko‘paygan va endi mamlakatda virusdan zararlanganlar soni 60 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Virus o‘chog‘i hisoblangan Uxanda virusdan 216 kishi vafot etgan.
So‘nggi ma'lumotlar bir kun avvalgidan jiddiy farq qilmoqda. 11 fevralda Xubeyda virusdan 94 kishi vafot etgani, 2015ta yangi kasallanish holati qayd etilgani ma'lum qilingandi.
Provinsiyaning sog‘liqni saqlash qo‘mitasi bunday farqni tashxis qo‘yishning yangi usuli qo‘llanayotgani bilan tushuntirgan. Jumladan, kasallanish holatlarining diagnostik tasniflanishiga «klinik tashxis» qo‘shilgan. Xitoylik mutaxassislarning fikricha, bu bemorlarga «kasallikning erta davridayoq davo olish imkonini beradi» va shu sababli ko‘rilayotgan choralar samaradorligini oshiradi.
13 fevraldan koronavirusga chalinganlikka gumon qilinayotganlar aniqroq natija beradigan yangi usul bilan tekshirila boshlanadi.
Avvalroq olimlar virusga testdan har ikkinchisi noto‘g‘ri natija berishi mumkinligini, bu tahlil olinishi usuliga bog‘liqligini ma'lum qilishgandi.
Ayni vaqtda virusga qarshi vaksina ishlab chiqilmadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida ta'kidlanishicha, bunday vositalarning odamlarda sinalishi 3-4 oydan keyingina boshlanadi.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026