Sport | 03:27 / 14.02.2020
11499
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya Kubogi. «Milan» «Yuventus» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Foto: Twitter/ACMilan

Italiya Kubogi yarimfinalidan o‘rin olgan «Milan» va «Yuventus» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahsda mehmonlar 90+1-daqiqada Ronalduning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Bungacha milanliklar Rebichning goli evaziga hisobda oldinda borishayotgandi.

Finalga yo‘l olgan jamoa 4 mart kuni Turinda bo‘lib o‘tadigan javob bahsida aniqlanadi.

Italiya Kubogi, yarimfinal
Dastlabki o‘yin

Milan – Yuventus 1:1
13 fevral, «San-Siro»
Gollar: Rebich (61) – Ronaldu (90+1, penalti).
Milan: Donnarumma, Kalabriya, Romanoli, Teo, Ker, Kastilexo (Salimekers, 80), Kessie, Bennaser, Cholxono‘g‘li, Ibrahimovich, Rebich (Laksalt, 74). 
Yuventus: Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo (Iguain, 69), de Ligt, Pyanich, Matyuidi (Rabo, 73), Remzi (Bentankur, 63), Kuadrado, Ronaldu, Dibala.
Ogohlantirishlar: Ibrahimovich (29), Remzi (30), Teo (42), Kessie (58), Kastilexo (69), Kalabriya (90).
Chetlatish: Teo (71).

Mavzuga oid