Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergov departamenti: Andijondagi YTH oqibatida yana ikki kishi shifoxonada vafot etdi
Andijonda “Neksiya-3” va “ZIL-130” ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana ikki kishi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Andijonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berdi.
2020 yil 13 fevral kuni taxminan soat 21:00larda, 24 yoshli X.M. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashinasida 3 nafar yo‘lovchi bilan birga “Andijon-Asaka” avtomobil yo‘lining “Asaka” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotib, Andijon tumani, “Teraktagi” mahallasi hududida yo‘lning chekka qismida harakatsiz holda turgan 27 yoshli A.N.ning boshqaruvida bo‘lgan “Zil-130” rusumli yuk avtomashinasiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada “Neksiya-3” avtomashinasi haydovchisi X.M. va oldi yo‘lovchi o‘rindiqdagi yo‘lovchi 24 yoshli I.J. hodisa sodir bo‘lgan joyida, yo‘lovchilar 24 yoshli M.B. va 20 yoshli N.P. esa ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026