Yöriqnomaga köra, xorijda doimiy yaşayotgan yoki vaqtinça bölib turgan Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtinça konsullik röyxatiga olinişi lozim.
Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni doimiy yoki vaqtinça konsullik röyxatiga oliş mazkur fuqarolar turgan konsullik okrugi hududiga tegişli bölgan konsullik muassasasi tomonidan amalga oşiriladi.
Xorijda doimiy yaşovçi yoki vaqtinça turuvçi Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni konsullik röyxatiga (doimiy, vaqtinça) qöyiş uçun konsullik mansabdor şaxsi nomiga ariza beriş interaktiv xizmatlar veb-portali orqali masofadan turib ham amalga oşirilişi mumkin.
Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni doimiy konsullik hisobiga oliş uçun konsullik yiğimlari, mazkur konsullik harakatini amalga oşirilganligi bilan boğliq haqiqiy xarajatlarning örnini qoplaş hisobidan yiğimlar undiriladi. 16 yoşga tölmagan bolalarga esa konsullik yiğimlari undirilmagan holda alohida röyxatga oliş varaqasi (elektron röyxatga oliş varaqasi) töldiriladi.
16 yoşga tölmagan bolalarning biometrik pasporti, nobiometrik pasporti, xorijga çiqiş biometrik pasporti va harakatlaniş hujjati bölmaganda, şuningdek ota-onasining yoki ulardan birining nobiometrik pasportiga yozilgan holda xorijga çiqib ketgan şaxslar bölganda hisobga oliş ularning tuğilganlik töğrisidagi guvohnomasi asosida amalga oşiriladi.
Xorijda doimiy yaşovçi Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar konsullik muassasasi röyxatiga oliniş uçun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali muvofiq şakl böyiça töldirilgan elektron röyxatga oliş varaqasi (interaktiv xizmatlar veb-portali orqali elektron röyxatga oliş varaqasini töldirişning imkoni bölmaganda muvofiq şakllar böyiça ariza va röyxatga oliş varaqasi) töldiriladi;
pasport (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga çiqiş biometrik pasporti yoki harakatlaniş hujjati (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
16 yoşga tölmagan bolalarning tuğilganlik töğrisidagi guvohnomasining (biometrik pasport, nobiometrik pasport, xorijga çiqiş biometrik pasporti va harakatlaniş hujjati bölmaganda) asli (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma'lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma'lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga çiqqan bölsa);












