Prezident: «20 ming gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi»
Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
«Meni yana bir masala juda qiynaydi. Hududlarda sug‘oriladigan yerlarni talon-taroj qilish holati. Bunday vaziyat deyarli barcha viloyatlarimizda kuzatildi», — degan Prezident yig‘ilish davomida.
Prezident yerni ochiqchasi sotgan, qalbaki hujjatlar tayyorlagan va bu holatga yo‘l qo‘ygan u hokim va prokurorlarni davlatga xiyonat qilgan, deb hisoblashini aytib o‘tgan.
«Yerning mas'uliyati va javobgarligini umuman his etmayotganlar uchun yer bilan bog‘liq qonunbuzilish holatlari odat tusiga aylanib qolmoqda. Bir yarim oy davomida o‘tkazilgan xatlov natijasida respublika bo‘yicha 20 ming gektarga yaqin maydon noqonuniy egallab olingani aniqlandi. Aslida bundan ancha ko‘p yer o‘zlashtirib olinganiga ham aminman. Yer ochiqchasiga sotilgan, qalbaki hujjatlar tayyorlangan. Bu holatga yo‘l qo‘ygan u hokimmi, prokurormi, davlatga xiyonat qilgan deb, hisoblayman», — degan u.
Prezident shu haqda gapirar ekan, mana shunday egasizlikka yo‘l qo‘ygan hudud prokurorlariga ham tegishli tartibda chora ko‘rishni Bosh prokuraturadan so‘ragan.
«Qizig‘i, o‘sha hudud prokurori televizorga chiqib, tergov qilgani haqida mag‘rurlanib gapiryapti. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Toshkent viloyatidagi ayrim tuman prokurorlari chiqib shu haqda gapirdi. Nima, u shu paytgacha qayerga qaragan? Yer talon-taroj bo‘lguncha nega jim turgan? Bir kunda sotilmagan-ku shu yer?», — degan Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida.
Mavzuga oid
13:18 / 13.08.2024
Soliq qo‘mitasi yirik korxonalarning mahalliy budjetga to‘lovlarini hisobga olish tartibini joriy qiladi
18:00 / 12.08.2024
Quvvatidan to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari yoshlarni o‘qitish sharti bilan tadbirkorlarga ijaraga beriladi
17:13 / 12.08.2024
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi
16:34 / 12.08.2024