Aniqlanişiça, videoda aks etgan holat joriy yil 14 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yuz bergan.
Viloyat IIBdan olingan ma'lumotga köra, 2020 yil 14 fevral kuni soat 16:05larda Özbekiston Respublikasi prezidentining “Qişloq xöjaligi yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son farmoni hamda Boş prokuraturaning topşiriği ijrosini ta'minlaş maqsadida Oltinsoy tumanining Halqabod mahallasida joylaşgan fermer xöjaligiga tegişli yer maydoniga fuqarolar M.I., M.D., N.F., T.A., M.S. va S.A. noqonuniy ravişda qurgan uylarni buziş vaqtida aholi hokimiyat va kadastr vakillariga faol qarşilik körsatilib, ularning qonuniy buyruq talablariga böysunmaslik holati yuz bergan.
Şundan söng, vaziyatga içki işlar organlari xodimlari aralaşib, holatni yumşatmoqçi bölgan. Biroq, vaziyat taranglaşib, IIB xodimlari va fuqarolar örtasida uruş-janjal kelib çiqqan.
Uruş-janjal vaqtida fuqarolar tomonida toş va tayoqlar bilan xodimlarga tan jarohatlari yetkazilgan. Natijada Oltinsoy tumani IIB JTSG Konvoy xizmati guruhi safdor-xodimi Ş.Mustafoqulov va bölim HPB IIO tayanç punktlari profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlaş böyiça yordamçisi A.Jabborov turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ş.Mustafoqulovning jarohati jiddiy ekanligi sabab u kasalxonaga yotqizilgan.
Aholi vakillari orasida tan jarohati olganlar haqida ma'lumotlar berilmagan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltinsoy tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.











