«Hozirgi vaqtda ham uruğ va köçatni çetdan katta mablağ evaziga olib kelyapmiz. Bu biz kutgan natijani bermadi, bermayapti. Negaki, heç qaysi davlat bizga eng zör, sara uruğni yetkazib bermaydi. Xöş, nima qiliş kerak?
Endi hokimlar ortiqça majlisbozlikni yiğiştirib, yoniga yerning tilini biladigan, ilm bilan şuğullangan olimlarni olişi kerak. Özimizning iqlimimizga mos, şaroitimizga töğri keladigan uruğ-köçatlarni yaratişimiz lozim.
Biz qişloq xöjaligida inqilobiy harakatlarni boşladik. Sohaga klaster kirib keldi. Endi ğalla va paxta xomaşyosini davlat fermerdan erkin bozor narxida sotib olişi haqida gapiryapmiz. Biz bu jarayonni ikki bosqiçda amalga oşirmoqçimiz. Masalan, joriy yilda yetiştiriladigan hosildan davlat ehtiyojlari uçun sotiladigan ğalla hajmi 35 foizga kamaytiriladi.
Ya'ni, bu yil respublika böyiça qöşimça 1 million tonna ğalla fermerlar ixtiyorida qoladi. Şu örinda bir savol tuğiladi. Endi özida qoladigan yuz tonna ğallani saqlaş uçun fermerning şaroiti bormi? Özi bilan hamkorlik qiladigan, qayta işlab çiqaradigan korxona bilan şartnomasi bormi? Bu savollar endi hokimlarimizni qiynaşi kerak.
2021 yildan boşlab davlatga ğalla sotiş rejasini töliq bekor qilamiz», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















