Tadbirda berilgan ma'lumotlarga qaraganda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tarkibida 16ta elektr ta'minoti korxonasi, şundan 0,4-6-10-35-110 kV kuçlanişli elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya, şuningdek, mazkur obektlarning rivojlanişi doirasida yangi quriliş, rekonstruksiya, kapital va joriy ta'mirlaş işlarini amalga oşiruvçi 14ta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati yölga qöyilgan.

2019 yilda iste'molçilarga 52 095,9 mln kVt soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Örtaça bir kunlik ehtiyoj kuz-qiş mavsumida 149,4 mln kVt soatni taşkil qilgan (şundan, 47,9 mln kVt s aholi uçun), yoz kunlari kunlik iste'mol 162,7 mln kVt soatga teng bölgan (aholi uçun 29,2 kVt s).

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ raisi Uluğbek Mustafoyev aholi orasida «svet» öçişi bilan boğliq e'tirozlar yuzasidan vaziyatni izohladi.

«Köpçilik «nega saylov kunlari, bayram kunlari çiroq öçmaydi, keyin yana öçişni boşlaydi?» deb e'tiroz bildiradi, bunga xalqimiz haqli albatta. Men özim ham qişloqda yaşaganman, ahvoldan boxabarman, har «svet» öçişida bizni qanday eslaşlarini juda yaxşi bilaman.

Aynan saylov va bayram kunlari bizda bir kilovatt elektr energiyasining tannarxi 9-10 sentga çiqib ketadi. Çunki öşa kunlari tiğiz tartibda işlaymiz va vaziyatdan çiqiş uçun mazut yoqamiz. Ammo biz har doim ham mazut yoqa olmaymiz, ham tanqis mahsulot, ham juda qimmatga tuşadi. Öşanday kunlari, tannarx 9-10 sentga çiqqanda ham aholi uçun narx özgarmaydi – 295 söm, bu 3 sent atrofida degani.

Agar biz yetkazib berilgan elektr energiyasi uçun bahoni 5-6 sentga kötarganimizda edi, investorlar juda köpayar, işlab çiqariş hajmi oşardi. Bu bosqiçma-bosqiç bajariladigan iş, aholining turmuş darajasi, daromadlari oşişi bilan amalga oşiramiz», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.