Foto: Cumhuriyet

Turkiya prezidenti jurnalistlar bilan suhbatda Sergey Şoygu, Rossiya qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov, Liviya milliy armiyasi qömondoni Xalifa Haftar hamda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari deb atalgan kişi birgalikda aks etgan fotosurat haqida söz yuritgan.

 

Rossiya TIV rahbari örinbosari Mixail Bogdanov Erdöğanning bayonoti yuzasidan «Interfaks»ga izoh berib, buni «haqiqatga va mamlakatdagi haqiqiy ahvolga mutlaqo zid» deb atadi.

«U buni qayerdan olganini, unga bunday axborot qayerdan borganini bilmayman», deya qöşimça qildi Bogdanov.

«Ularning barçasi Rossiyaning harbiy amaldorlari hisoblanadi va «Vagner»ni ular boşqaradi. Ular hali ham «Vagner» bilan heç qanday aloqalari yöqligini aytişmoqda. Hozirda Rossiya Liviyadagi uruşni eng yuqori darajada boşqarmoqda», — degan u.

 

  • Turkiya prezidenti ötgan yilning dekabrida Liviyada «Vagner» HHKning ikki mingdan ortiq yollanma jangçilari borligini ma'lum qilgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa keyinroq agar Liviyada «Vagner» HHK yollanma jangçilari bölsa ham, ular Rossiya manfaatlarini himoya qilmasligini va davlatdan pul olmasligini aytib ötgan edi.
  • Turkiya hukumati yanvar oyida Liviyaga harbiy mutaxassislarni yuborişini e'lon qilgandi, öşanda Erdöğan bu qaror Liviyaning Foiz Saroj boşçiligidagi xalqaro miqyosda tan olingan hukumatini qöllab-quvvatlaş maqsadida qabul qilinganini ma'lum qilgandi. Liviyada hokimiyat uçun kuraşda Sarojning asosiy raqibi, norasmiy ma'lumotlarga köra, Rossiyadan kömak olib turgan feldmarşal Xalifa Haftar hisoblanadi. Rossiya rasmiylari uşbu ma'lumotlarni rasman rad etib kelmoqda.
  • Vagner xususiy harbiy kompaniyasi norasmiy qurolli tuzilma bölib, u peterburglik biznesmen Yevgeniy Prigojinga aloqador deb hisoblanadi. Uning yollanma askarlari Kongo, Liviya, Madagaskar, Angola, Gvineya, Gvineya-Bisau, Mozambik, Zimbabve va Markaziy Afrika Respublikasida faoliyat olib borayotganligi aytiladi. Ayrim ma'lumotlarga köra, ular Donbass, Suriyadagi jangovar harakatlarda ham iştirok etgan va prezident Omar al-Başirni qöllab-quvvatlaş uçun Sudanga ham jönatilgan.