Belgilab qöyilişiça:
2020 yil 15 martdan boşlab affinaj faoliyati Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasi beradigan litsenziya asosida yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi;
affinaj faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) tomonidan beriladi;
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 maydagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bilan işlaşga röyxatdan ötkaziş guvohnomasi beriladigan iş turlari (faoliyat turlari guruhlari doirasida) röyxatiga muvofiq tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bölgan xomaşyo bilan işlaşga Davlat asillik darajasini belgilaş palatasi tomonidan avval berilgan röyxatdan ötkaziş guvohnomasi asosida faoliyat körsatadigan yuridik şaxslar uşbu faoliyat turini röyxatdan ötkaziş guvohnomasining amal qiliş muddati tugaguniça litsenziya olmasdan amalga oşiriş huquqiga ega.
Quyidagilar:
Affinaj faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizom;
Affinaj faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun litsenziya berişda idoralararo elektron hamkorlik sxemasi tasdiqlandi.
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasi prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi” DUK va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda affinaj faoliyatini litsenziyalaş jarayoniga jalb qilingan hududiy bölinmalar, idoraviy mansub taşkilotlar va boşqa tuzilmalarni ham jalb etgan holda, affinaj faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun litsenziyani davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali beriş böyiça davlat xizmatini 2020 yil 15 martga qadar muddatda joriy qiladi.











